Tur firmaga boshqaruvchi
Tur firmamiz faoliyatini to‘liq yuritish, ishlarni tartibli tashkil qilish va biznesni rivojlantirish uchun tajribali, mas’uliyatli va ishni o‘z zimmasiga ola biladigan boshqaruvchi xodim qidiramiz. Vazifalar: Tur firma faoliyatini mustaqil boshqarish; Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish; Tur paketlar va sayohatlarni tashkil etish; Hamkorlar bilan ishlash va yangi aloqalar o‘rnatish; Savdoni rivojlantirish va daromadni oshirish; Kundalik ishlarni nazorat qilish va natija uchun javob berish. Talablar: Turizm sohasida tajribaga ega bo‘lish; Mas’uliyatli, halol va tashabbuskor bo‘lish; Ishni mustaqil tashkil qila olish; Mustaqil qaror qabul qilish va muammolarni hal etish; Mijozlar bilan yaxshi muloqot qilish; Boshqaruv va savdo qobiliyatiga ega bo‘lish. Biz taklif qilamiz: Ishni mustaqil yuritish imkoniyati; Kelishilgan maosh va natijaga qarab bonus; Uzoq muddatli hamkorlik; O‘z salohiyatini namoyon etish va biznesni rivojlantirish imkoniyati.
Bizga shunchaki xodim emas, tajribali, mas’uliyatli, ishni puxta yuritadigan va tur firmamizni rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan boshqaruvchi kerak! Agar o‘zingizga ishonsangiz va tajribangiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.