К содержимому

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi

АКБ «Банк развития бизнеса»Нурафшон

Vazifalar:

  • Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi o‘rganish;
  • yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ahvoli, biznes-rejalarning bajarilishi va garov saqlanishini holatini monitoring qilish;
  • “Hard collection” bosqichlarida kredit qarzdorliklarni undirilishini ta’minlash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning 1+ kundan 90 kungacha bo‘lgan kredit qarzdorliklarini undirilishini ta’minlash;
  • bank kredit portfelida mavjud muammoli kreditlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash hamda muammoli kreditlarni kamaytirish va muddatidan oldin so‘ndirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • garov ta’minotlari bilan ishlash ya’ni, kredit ta’minotlarini almashtirish va qisman ta’minotdan ozod qilish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
  • kreditlarni prolongatsiya (restrukturizatsiya) qilish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
  • muddatida qaytarilmagan kredit va foizlari bo‘yicha to‘lov talabnomasi rasmiylashtirilish va dasturga biriktirish;
  • mijozlarga monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilish;
  • bevosita faoliyatiga doir murojaat/e’tirozlari bilan ishlash;
  • audit tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha ishlash;

-bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.

Talablar:

-Oliy iqtisodiy ma’lumot;

-MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;

  • Bankda kamida 3 yillik kreditlash yo‘nalishi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • o‘zbek tilini mukammal darajada bilish, rus va ingliz tilini bilish ustunlik beradi;

-bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilish;

Ish sharoiti:

  • To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
  • ish joyi bankning markaziy idorasida;
  • ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.

openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.