К содержимому

Sotuv menejeri (salon va sartaroshxonalar bilan ishlash)

Turon PrimeТашкент

Sotuv menejeri (offline, salon va sartaroshxonalar bilan ishlash)

Ishga taklif: Mobil ilova bo‘yicha konsultant

Toshkent shahrida 2 nafar xodim qidirilmoqda!

Vazifalar:

-

Shahar bo‘ylab go‘zallik salonlari va barbershoplarga tashrif buyurib, ustalarga onlayn yozilish va mijozlar bazasini yuritish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani tanishtirish.

-

Ilovani usta telefoniga o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki mijozlarni qo‘shishda yordam berish.

-

Tariflarni tushuntirish va ustalarni pullik tarifga ulash.

-

Har kuni tashriflar va ilova o‘rnatishlar bo‘yicha hisobot yuritish.

Talablar:

-

Kirishimli, faol va odamlar bilan tez til topisha oladigan bo‘lish.

-

Smartfon va mobil ilovalardan ishonchli foydalana olish.

-

Kun davomida shahar bo‘ylab harakatlanib ishlashga tayyor bo‘lish.

-

Savdo yoki promouterlik tajribasi afzallik beradi, lekin majburiy emas — o‘rgatamiz.

-

2 nafar xodim kerak:

-

Qiz — ayollar go‘zallik salonlari bilan ishlash uchun.

-

Yigit — erkaklar barbershoplari bilan ishlash uchun.

Ish sharoitlari:

-

Oylik maosh: 4 000 000 so‘m + bonuslar.

-

Bonuslar: har bir faol o‘rnatilgan ilova va pullik tarifga ulangan har bir usta uchun.

-

Ish grafigi: dushanbadan shanbagacha, 10:00–18:00 (moslashuvchan grafik imkoniyati mavjud).

-

Hudud: Toshkent shahri.

-

Biz tomondan: o‘qitish, tayyor muloqot skripti va barcha kerakli materiallar taqdim etiladi.

Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi? Faol va daromadli ish izlayapsizmi? Jamoamizga qo‘shiling!

openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.