Savdo agenti
BTS EXPRESS’GA SAVDO AGENTI KERAK !
Ish joyi: Samarqand shahri Ish vaqti: 09:00–18:00 Dam olish kuni: Yakshanba;
Oylik maosh: 3 000 000 so‘m — kafolatlangan oylik maosh; Har bir olib kelingan pochta uchun 4 000 so‘m — qo‘shimcha KPI; Qancha ko‘p pochta olib kelsangiz, daromadingiz shuncha yuqori bo‘ladi!
Asosiy vazifalar: Samarqand shahri hududida yangi mijozlarni faol izlash va jalb qilish; Bozorlar, savdo majmualari, do‘konlar, tashkilotlar va boshqa savdo nuqtalariga tashrif buyurish; Potensial mijozlarga BTS Express pochta va kuryerlik xizmatlarini taklif qilish; Mijozlardan pochta va jo‘natmalarni qabul qilib, BTS Express filialiga olib kelish; Mijozlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish va ularni xizmatlarimizdan muntazam foydalanishga jalb qilish.
Talablar: Faol, chaqqon va muloqotga kirishuvchan bo‘lish; Yangi mijozlarni topish va xizmatlarni taklif qila olish; Samarqand shahri hududini yaxshi bilish; Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Ish piyoda amalga oshiriladi. Asosiy maqsad — yangi mijozlarni jalb qilish va ulardan pochta jo‘natmalarini olib kelish.
BTS Express jamoasiga qo‘shiling va o‘z mehnatingiz orqali ko‘proq daromad oling!
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.