Ombor mudiri
Asosiy vazifalar:
-
Korxonaning markaziy ombori faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish;
-
Omborga kelib tushadigan xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni qabul qilish, joylashtirish hamda saqlash jarayonlarini nazorat qilish;
-
Kirim va chiqim operatsiyalarining o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
-
Ombordagi moddiy boyliklarning hisobini yuritish va ularning saqlanishini ta’minlash;
-
Ombordagi tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarini nazorat qilish va belgilangan tartibda inventarizatsiya o‘tkazish;
-
Ishlab chiqarish bo‘limlarini zarur materiallar va ehtiyot qismlar bilan o‘z vaqtida ta’minlashni muvofiqlashtirish;
-
Ombor hujjatlari, kirim-chiqim dalolatnomalari va boshqa hisob hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
-
Ombordagi moddiy boyliklarning yo‘qolishi, shikastlanishi va kamomadining oldini olish choralarini ko‘rish;
-
Ombor hududida belgilangan tartib, tozalik va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
-
Ombor xodimlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
-
Buxgalteriya, xaridlar bo‘limi, ishlab chiqarish va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish;
-
Rahbariyatga ombor faoliyati va moddiy boyliklar qoldiqlari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish.
-
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
-
Ombor xo‘jaligi yoki moddiy boyliklar hisobini yuritish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
-
Ombor hujjatlari, kirim-chiqim operatsiyalari va inventarizatsiya jarayonlarini bilish;
-
MS Excel, 1C va ombor hisobi dasturlaridan foydalana olish;
-
Moddiy boyliklarning but saqlanishi va hisobini yuritish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
Jamoani boshqarish, ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
Halollik, mas’uliyatlilik, intizom va aniqlikka rioya qilish;
-
Ishlab chiqarish korxonasida ishlash tajribasi ustunlik beradi.
-
Kompaniya tomonidan taklif etiladi:
-
Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi;
-
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati;
-
Qulay mehnat sharoitlari;
-
Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.
-
Bir mahal issiq ovqat.
-
Qatnash uchun jamoat transporti.
-
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.