Mobil ko'makchi (Zomin filiali uchun, Jizzax viloyati)
«Agrobank» – respublikaning barcha hududlarida filiallar tarmog‘iga ega davlat banki bo‘lib, bugun bankda «Mobil ko‘makchi» loyihasi sinov tartibida yo‘lga qo‘yilmoqda. Filialga to‘lovga kelgan mijozni kutib olib, unga Agrobank Mobile ilovasini o‘rnatish, kartani bog‘lash va birinchi to‘lovni telefondan amalga oshirishni aynan siz o‘rgatasiz. Natijada kassalardagi navbatlar qisqaradi, mijoz esa to‘lovlarni navbat kutmasdan o‘zi bajarishni o‘rganadi. Shu bois jamoamizga odamlar bilan oson til topishadigan, so‘zga chechan va zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biladigan mutaxassislarni taklif qilamiz.
Sizning vazifalaringiz:
Filialga to‘lov uchun kelgan mijozlarni iltifot bilan kutib olish va ularga Agrobank Mobile ilovasini taklif qilish; Ilovani o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish va referal kodni kiritishda mijozga amaliy yordam berish; Bank kartasini ilovaga bog‘lash va birinchi to‘lovni mijoz bilan birga amalga oshirish; Ilovadagi to‘lov yo‘nalishlarini tushuntirish: kreditni so‘ndirish, rekvizit bo‘yicha to‘lovlar, kontrakt va bog‘cha, kommunal va davlat xizmatlari, yer va mol-mulk solig‘i, eskrou to‘lovlari; Mijoz e’tirozlariga xushmuomalalik bilan javob berish, yoshi ulug‘ mijozlarga alohida e’tibor qaratish; Xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish: mijozning PIN-kodi, paroli va SMS-kodini so‘ramaslik, mijoz ma’lumotlarini sir saqlash; 8 yo‘nalish bo‘yicha belgilangan kunlik va oylik KPI rejasini bajarish, kun yakunida natijani reja bilan solishtirish; Shikoyat yoki muammo chiqqanda front ofis rahbariga, texnik nosozlikda IT qo‘llab-quvvatlash xizmatiga o‘z vaqtida xabar berish. Nomzodga talablar:
Ma’lumot: iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot; Shaxsiy fazilatlar: kirishimli va xushmuomala; so‘zga boy, fikrini ravon va tushunarli ifoda eta oladigan; odamlarni o‘ziga jalb eta oladigan, yoqimli taassurot qoldiradigan; Raqamli ko‘nikmalar: smartfon va boshqa zamonaviy qurilmalardan erkin foydalana olish; mobil ilovalar orqali to‘lovlar (kommunal, kredit, davlat xizmatlari va boshqalar) o‘tkaza olish; Tillar: o‘zbek tilini erkin bilish; Filialda kun davomida mijozlar oqimi bilan faol ishlashga va natijaga (KPI) yo‘naltirilgan ishga tayyor bo‘lish. Afzallik hisoblanadi:
Rus tilini bilish; Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, savdo yoki call-markazda ishlash tajribasi; Agrobank Mobile va boshqa bank ilovalaridan faol foydalanish tajribasi;
Biz taklif etamiz:
Ish tartibi: dushanba–juma, 09:00–18:00; Ishni boshlashdan oldin o‘quv qo‘llanma asosida tayyorgarlik; Mijoz bilan muloqot, xavfsizlik va KPI qoidalari; Bankning raqamli transformatsiyasi loyihasida ilk ishtirokchilardan biri bo‘lish va amaliy tajriba orttirish imkoniyati.
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.