Menedjer
Vakansiya sarlavhasi:
Sotuv menejeri (B2B / Sanoat uskunalari va elektrotexnika)
Kompaniya haqida qisqacha:
Biz elektrotexnika, avtomatika va sanoat uskunalarini yetkazib berish sohasida faoliyat yurituvchi jamoamiz. Mijozlarimiz — ishlab chiqarish korxonalari, montajchilar va pudratchi tashkilotlar. Hozirda mijozlar bazasini kengaytirish va sotuv hajmini oshirish uchun maqsadga intiluvchan Sotuv menejeri ni qidirmoqdamiz.
Majburiyatlar:
-
Kompaniyaga tushayotgan iliq va qaynoq so‘rovlarni (qo‘ng‘iroqlar, sayt va messenjerlar orqali) qayta ishlash;
-
B2B mijozlar (zavodlar, korxonalar, montaj guruhlari) bilan muzokaralar olib borish;
-
Mahsulotlar (datchiklar, pnevmatika, relelar, avtomatlar va h.k.) bo‘yicha konsultatsiya berish va spetsifikatsiyalarga mos analoglarni tanlash;
-
Tijoriy takliflar (KP), hisob-fakturalar tayyorlash va shartnomalar tuzish;
-
Buyurtma to‘lovidan tortib to tovar yetkazib berilguncha bo‘lgan jarayonni nazorat qilish;
-
Mijozlar bazasini CRM tizimida tartibli yuritish va doimiy aloqani saqlab qolish.
Talablar:
-
B2B sohasida yoki texnik/qurilish/elektrotexnika yo‘nalishlarida sotuv tajribasi (kamida 1 yil);
-
O‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish va yozish (texnik hujjatlar va yozishmalar uchun);
-
1C va CRM (Bitrix24 yoki AmoCRM) dasturlari bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tajriba (o‘rgatiladi);
-
O‘rganuvchanlik, muzokara olib borish va mijoz ehtiyojini tezda tushunish qobiliyati;
-
Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
-
Daromad: Belgilangan oklad + sotuv rejasidan shaffof KPI/foiz (yuqori chegara belgilanmagan);
-
Ish grafigi: 5/2 yoki 6/1 (soat 09:00 dan 18:00 gacha);
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga joylashish;
-
Texnik bilimlar va sotuv bo‘yicha ichki treninglar;
-
Qulay ofis/shourum, do‘stona jamoa va martaba o‘sishi imkoniyati.
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.