Islom moliyasini joriy etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi menejeri (Kichik biznes departamenti)
Kichik biznes departamenti Islom moliyasini joriy etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi Menejeri
Talablar :
Oliy ma'lumot (Islom moliyasi, islom bank ishi, iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi (MBA));
MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida lozim darajada ishlay olishi;
Bank tizimida (kamida 5 yillik) ish stajiga ega bo‘lishi;
Funksional yo'nalishga oid tarmoq yoki malakaviy sohada kamida 1 yillik ish tajribasi;
O’zbek va rus tillarini bilishi;
Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.
Vazifalar :
Islom moliyaviy mahsulotlari (Murobaha, Muzoraba, Mushoraka, Ijara, Sukuk, Takaful va b.) arxitekturasini loyihalashtirish;
Islom moliyasi (Murobaha va boshqa Shariat qoidalariga mos mahsulotlar) yo‘nalishi bo‘yicha filial xodimlariga tegishli mahsulotlarni tanishtirish;
Filial xodimlariga Islom moliyasi mahsulotlari bo‘yicha birlamchi konsultatsiya berish;
Hududiy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo‘lish;
Islom moliyasi mahsulotlari portfeli va tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha filiallardan belgilangan tartibda hisobotlarni qabul qilish va tahlil qilish;
Yangi mijozlarni jalb qilish va ularning ehtiyojlariga muvofiq xizmatlar taklif qilish;
Mavjud muammolarga tezkor echimlar topish va ularni hal qilish;
AAOIFI Shariat standartlarini amaliyotga tatbiq etish;
Bank va moliya qonunchiligi, milliy va xalqaro tartibga soluvchi normativ hujjatlar bilan ishlash;
Marketing departamenti va Call-markaz bilan hamkorlik o‘rnatish;
Biznes jarayonlarini optimallashtirish ularni tezkorligi va samaradorligini nazorat qilish;
Fikrlarni yozma va og'zaki ravishda erkin va to'g'ri ifoda etish;
Turli manbalardagi ma'lumotlarni birlashtira olish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Ish sharoiti :
To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot (KPI).
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.