Informatika fani o'qituvchisi
Informatika fani o‘qituvchisi
Sodiq School | Toshkent shahri
Kompaniya haqida
Sodiq School jamoasiga o‘quvchilarda raqamli savodxonlik, algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanadigan informatika fani o‘qituvchisini taklif etamiz.
Asosiy vazifalar
-
Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun davlat ta’lim dasturi asosida interaktiv va samarali darslarni tashkil etish;
-
O‘quvchilarga informatika, axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va algoritmik fikrlashni o‘rgatish;
-
Amaliy topshiriqlar, loyihalar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning IT sohasiga qiziqishini oshirish;
-
Zamonaviy pedagogik metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish;
-
O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish dinamikasini kuzatib borish, individual yondashuvni qo‘llash;
-
O‘quvchilarda mantiqiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
-
Informatika, axborot texnologiyalari, informatika ta’limi yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
-
Maktabda kamida 3 yillik o‘qituvchilik tajribasi;
-
Texnik tushunchalarni sodda, tushunarli va amaliy misollar orqali tushuntira olish;
-
O‘quvchilarda algoritmik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantira olish;
-
Zamonaviy pedagogik metodlar va interaktiv dars usullarini qo‘llash ko‘nikmasi;
-
O‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularni rag‘batlantirish va fanga qiziqtira olish;
-
Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
Qo‘shimcha ustunliklar
-
Python, Scratch yoki boshqa dasturlash tillarini o‘qitish tajribasi;
-
Robototexnika, STEAM yoki IT loyihalari bilan ishlash tajribasi;
-
Sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmasi;
-
Informatika olimpiadalari, IT tanlovlari yoki maktabdan tashqari ta’lim loyihalarida ishtirok etish tajribasi;
-
Ingliz yoki rus tilini bilish.
Ish sharoitlari
-
Ish jadvali: 5/2, soat 08:30 dan 17:00 gacha;
-
Ish haqi: raqobatbardosh, nomzodning malakasi va tajribasiga qarab kelishiladi;
-
To‘lov tartibi: oyiga ikki marta — avans va oylik maosh, o‘z vaqtida;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi;
-
Xodim farzandining Sodiq School’da tahsil olishi uchun o‘qish to‘loviga 50% gacha chegirma;
-
Maktab hisobidan kuniga uch mahal ovqatlanish;
-
Kasbiy rivojlanish va yangi pedagogik metodikalarni o‘zlashtirish imkoniyati;
-
Hamkorlikka asoslangan, kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi ish muhiti;
-
Bilim olishga intiluvchan va faol o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.
openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.