К содержимому

Biologiya va Tabiy fan o'qituvchisi

8 000 000 — 9 000 000 UZSSYNERGY SCHOOLТашкент

Biologiya fani o‘qituvchisi

Sodiq School | Toshkent shahri

Kompaniya haqida

Sodiq School jamoasiga biologiya va tabiiy fanlarni qiziqarli, interaktiv hamda amaliy yondashuv asosida o‘rgata oladigan, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tabiatga qiziqishni rivojlantirishga intiluvchi o‘qituvchini taklif etamiz.

Asosiy vazifalar

-

Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun davlat ta’lim dasturi asosida biologiya va tabiiy fanlardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish;

-

Hayotiy misollar, kuzatuvlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish;

-

Zamonaviy pedagogik metodlar va interaktiv ta’lim vositalaridan samarali foydalanish;

-

O‘quvchilarda ilmiy fikrlash, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

-

O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish dinamikasini kuzatib borish, individual yondashuvni qo‘llash;

-

O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar va ta’limiy tadbirlarni tashkil etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

-

Biologiya yoki tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik oliy ma’lumot;

-

Maktabda kamida 3 yillik o‘qituvchilik tajribasi;

-

Murakkab mavzularni sodda, tushunarli va vizual usullar orqali tushuntira olish;

-

Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv dars metodlarini samarali qo‘llash ko‘nikmasi;

-

O‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularni rag‘batlantirish va fanga qiziqtira olish;

-

Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

Qo‘shimcha ustunliklar

-

Biologiya fanidan milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish;

-

STEAM yondashuvi asosida dars tashkil etish tajribasi;

-

Google Classroom, interaktiv testlar va video platformalar kabi raqamli ta’lim vositalaridan foydalana olish;

-

Fan haftaliklari, olimpiadalar va maktabdan tashqari ta’lim loyihalarida ishtirok etish tajribasi;

-

Rus yoki ingliz tilini bilish.

Ish sharoitlari

-

Ish jadvali: 5/2, soat 08:30 dan 17:00 gacha;

-

Ish haqi: raqobatbardosh, nomzodning malakasi va tajribasiga qarab kelishiladi;

-

To‘lov tartibi: oyiga ikki marta — avans va oylik maosh, o‘z vaqtida;

-

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi;

-

Xodim farzandining Sodiq School’da tahsil olishi uchun o‘qish to‘loviga 50% gacha chegirma;

-

Maktab hisobidan kuniga uch mahal ovqatlanish;

-

Kasbiy rivojlanish va yangi pedagogik metodikalarni o‘zlashtirish imkoniyati;

-

Hamkorlikka asoslangan, kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi ish muhiti;

-

Bilim olishga intiluvchan va faol o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.

Ariza topshirish

openqareer не кадровое агентство: вакансия собрана с открытого источника, отклик подаётся на сайте работодателя.